Tashkilotlar uchun ovozli robot

Qoʻngʻiroq qiladi.Gaplashadi.Yozib boradi.

Munshi — oʻzbek tilida gaplashadigan ovozli robot. Mijozlaringizga sizning ssenariyingiz boʻyicha qoʻngʻiroq qiladi va har bir javobni hisobotga yozadi. Nutqni tanish, ovoz va suhbat mantigʻi sizning serveringizda ishlaydi — mijozlar ovozi begona bulutga chiqmaydi.

  • Har bir qoʻngʻiroq yozuvi va matni
  • Oʻzbek nutqi uchun oʻz modellarimiz
  • Sizning serveringizda ishlaydi
Munshiovozli robotSuhbatga tayyor

Robot bilan hozir gaplashing

Brauzerning oʻzida, uch daqiqagacha. Mikrofon kerak, robot oʻzbek tilida gaplashadi.

Suhbat uch daqiqagacha davom etadi. Munshi oʻzi javob beradi, unga hech kim yordam bermaydi.

Robot ishda

Ssenariy namunalari: suhbat qanday oʻtadi

Toʻlov eslatmasi · bank
MunshiAssalomu alaykum, Jamshid aka. Bankdan bezovta qilyapmiz. Kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan, eslatib qoʻymoqchi edik.
MijozTushunarli, juma kunigacha toʻlayman.
MunshiRahmat, juma kunini qayd etdik. Yaxshi kun tilaymiz.
Hisobotda
  • yetkazildi
  • toʻlov vaʼdasi — juma
  • yozuv va matn
Masʼulga xabar · davlat dasturi
MunshiAssalomu alaykum. Nazorat shtabidan bezovta qilyapmiz. «Maktabgacha taʼlim muassasasi» obyekti boʻyicha masʼul sizmisiz?
MijozBu obyekt bizniki emas, boshqa boʻlim javob beradi.
MunshiTushunarli, shtab masʼulni aniqlab, qayta bogʻlanadi. Vaqtingiz uchun rahmat.
Hisobotda
  • masʼul emas
  • shtabga uzatildi
  • yozuv va matn

Ismlar va obyektlar — namuna uchun. Haqiqiy ssenariy sizning matningiz boʻyicha tuziladi.

Imkoniyatlar

Banklar, mikromoliya tashkilotlari, davlat idoralari va xizmat kompaniyalari uchun

01

Jonli oʻzbek tili

Soʻzlashuv nutqi, sheva, qisqa javoblar. Sifatni diktor yozuvlarida emas, haqiqiy telefon qoʻngʻiroqlarida tekshiramiz. Rus tili tayyorlanmoqda.

02

Faqat sizning raqamlaringiz

Summa, muddat va sanalarni robot sizning jadvalingizdan oladi va tasdiqlangan iboralar bilan aytadi. Raqamlarni oʻzidan toʻqimaydi.

03

Nutq sizning serveringizda

Barcha modellar sizda yoki sizning maʼlumotlar markazingizda ishlaydi. Banklar va davlat idoralari uchun bu eng xavfsiz yoʻl.

04

Xodimga uzatish

Nostandart savol yoki eʼtiroz boʻlsa, robot suhbatni odob bilan yakunlaydi, hisobotga esa «menejer qoʻngʻirogʻi kerak» belgisi tushadi.

Integratsiya

Murakkab joriy qilishsiz: jadvalingizdan boshlaymiz

Raqamlar jadvali

Excel yoki Google-jadval: raqamlar va almashtiriladigan maydonlar. Natijalar oʻsha jadvalga qaytadi.

Sizning telefoniyangiz yoki bizniki

Oʻz SIP-raqamimiz orqali qoʻngʻiroq qilamiz yoki sizning ATS'ingizga ulanamiz.

CRM va API — soʻrov boʻyicha

Doimiy qoʻngʻiroqlar natijalarini tizimingizga avtomatik uzatamiz.

Qanday ulanadi

Uch qadam

Namoyish

Ariza qoldiring — robotni sizning vazifangizda koʻrsatamiz va ssenariyni birga tuzamiz.

Pilot

Bazangizning bir qismida ishga tushiramiz. Yozuvlar bilan hisobot olasiz va natijani oʻz raqamlaringiz bilan baholaysiz.

Muntazam qoʻngʻiroqlar

Jadval boʻyicha, har bir yetkazilgan xabar boʻyicha hisobot bilan.

Pilot

Pilot uchun ariza

Vazifangizni yozing — qoʻngʻiroq qilib, ssenariyni birga tuzamiz va bazangizning bir qismida sinab koʻramiz.

Namoyishga yoziling

Qoʻngʻiroq qilamiz va robotni sizning vazifangizda koʻrsatamiz.

Sohalar

Robot nimada yordam beradi

Banklar va MMT

  • Toʻlov va muddati oʻtgan qarz eslatmasi
  • Toʻlov vaʼdasini qayd etish
  • Ariza, uchrashuv, karta yetkazilishini tasdiqlash
  • Summa — faqat mijozning oʻziga

Davlat idoralari

  • Obyektlar boʻyicha masʼullarni xabardor qilish
  • Holat va muddatni shtab jadvaliga yigʻish
  • «Bizning obyekt emas»ni «ishlayapmiz»dan ajratish
  • Maʼlumotlar idoradan chiqmaydi

Xizmat va taʼlim

  • Qabul yoki dars eslatmasi
  • Yozilishni tasdiqlash
  • Jadval oʻzgargani haqida xabar
  • Ikki savollik qoniqish soʻrovi

Nomi haqida

munshi.

munshiy — xon va amirlar saroyida xat va hujjatlarni yozgan kotib

Bizning Munshi ham shu ishni qiladi: odamlar bilan gaplashadi va har bir javobni aniq yozib qoʻyadi. Faqat qogʻoz oʻrniga — hisobot jadvali.

Savollar

Koʻp soʻraladigan savollar

Robot sheva va gapni boʻlib yuborishni tushunadimi?

Modellar haqiqiy telefon suhbatlarida, jumladan Buxoro shevasida oʻqitilgan. Odam gapirayotganda robot jim turadi. Gap tushunilmasa, robot taxmin qilib javob bermaydi — qayta soʻraydi. Murakkab savolni xodimingizga uzatadi.

Qancha turadi?

Narx ssenariy, xabar uzunligi va baza hajmiga bogʻliq. Pilot shartlarini namoyishdan keyin kelishamiz.

Bizga oʻz IT resurslarimiz kerakmi?

Pilot uchun — yoʻq, raqamlar jadvali yetarli. Nutqni oʻzingizda saqlash talabi boʻlsa, kompleksni serveringizga oʻrnatamiz: videokartali bitta kompyuter kerak boʻladi, konfiguratsiyasini beramiz.

Ishga tushirish qancha vaqt oladi?

Namoyishni ariza kelgach kelishamiz. Pilot ssenariy matni tasdiqlangandan keyin boshlanadi.

Bu qonuniymi?

Robot tashkilotingiz mijozlariga xabarnoma va eslatmalar bilan qoʻngʻiroq qiladi. Reklama qoʻngʻiroqlari — faqat abonent roziligi bilan va faqat 09:00 dan 18:00 gacha, Prezidentning 2026-yil 15-iyuldagi PQ-265-son qaroriga muvofiq.

Robot nima qilmaydi?

Sotmaydi va bahslashmaydi, nostandart savollar boʻyicha maslahat bermaydi, raqamlarni oʻzidan aytmaydi. Odam boshqa qoʻngʻiroq qilmaslikni soʻrasa, raqami roʻyxatdan chiqariladi.

Robotni oʻz ssenariyingizda eshitmoqchimisiz?

Ariza qoldiring — qoʻngʻiroq qilib, namoyishni kelishamiz.